Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarining energetika tizimiga qo‘shiladi

O‘zbekiston 18:23 / 10.09.2024 3908

Rossiya va O‘zbekiston Energetika vazirliklari Rossiyaning «Sistemnyy operator Yedinoy energeticheskoy sistemy» tashkilotini Markaziy Osiyo Birlashgan energiya tizimiga (BET) qo‘shilishi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda TASS yozdi.

«Markaziy Osiyoda alohida energetika tizimi mavjud, biz hali uning a’zosi emasmiz. Ammo Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimini birgalikda boshqarish uchun «Sistemnyy operator» kirishi kerak, biz bu tizim bilan bog‘langanmiz. O‘zbekiston tomoni buni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Biz buni yaqin kelajakda amalga oshiramiz», dedi Rossiya Energetika vazirligi rahbari Sergey Tsivilev.

Uning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus elektr energiyasini tijorat eksporti va mamlakatlar o‘rtasidagi oqimlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, bu energiya tizimlarini tanqislik, tabiiy omillar va yuqori yuklanishlarda tezda muvozanatlash imkonini beradi.

«Agar to‘satdan kimdadir nimadir yuz bersa, biz muvozanatni saqlash uchun oqimlarni tezda qo‘llab-quvvatlay olamiz. Bu tizim xavfsizligini to‘g‘ri ta’minlashimiz uchun muhim», deb qo‘shimcha qildi O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Ko‘proq yangiliklar: