10−13 sentabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Havo harorati 10 sentabrda kechasi +8…+13 daraja, kunduzi +25…+30 daraja, 11−13 sentabrda kechalari +10…+15 daraja, kunduz kunlari +27…+32 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Respublikaning tog‘li hududlarida 10−13 sentabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Poytaxtda 9−13 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 sentabrda +24…+26 daraja, 10 sentabrda kechasi +10…+12 daraja, kunduzi +27…+29 daraja, 11−13 sentabrda kechalari +12…+15 daraja, kunduz kunlari +29…+31 daraja bo‘ladi.