TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha mumkin bo‘lgan birgalikdagi harakatlar muhokama qilindi.
Hindiston tomoniga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari, shuningdek, ushbu mamlakatda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Shantanu Mukerji O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashdagi faol ishtirokini alohida qayd etdi.