Nodavlat ta’lim sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatlar ikki vazirlik o‘rtasida taqsimlanadi

O‘zbekiston 07:52 / 10.09.2024 4462

2024 yil 7 sentabrdagi qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga o‘rta maxsus, professional, oliy ta’limni hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Belgilanishicha, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha vakolatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida taqsimlanadi.

Qonun oliy ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: