Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha xizmatga saralash tartibi o‘zgardi

O‘zbekiston 13:51 / 10.09.2024 11029

Mudofaa vazirining “O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Harbiy xizmatga saralashda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi aniqlashtirildi. Bular o‘rta, o‘rta maxsus, professional yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi shaxslar:

  • 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
  • muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
  • rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.

Bunda, erkak jinsidagi nomzod qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (yoki o‘tayotgan), safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy ta’lim muassasalari “harbiy kafedralarida” o‘qishni tugatgan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, xizmatga imtiyozli qabul qilishning ayrim shartlari o‘zgarmoqda. Ilgari respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirishning soddalashtirilgan tartibi mavjud bo‘lgan: sportchilarga faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tish yetarli bo‘lgan. Ushbu imtiyoz g‘olib bo‘lgan paytdan e’tiboran 5 yil davomida amal qilgan. Hozir ushbu muddat 3 yilgacha qisqartirildi.

Ko‘proq yangiliklar: