O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona vakillari tomonidan Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlarni vaqtincha parvarishlash va saqlash muassasasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ota-onasi va qonuniy vakillari yo‘q bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Qayd qilinishicha, aksariyat bolalarning ota-onasi muqaddam Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzganligi sababli deportatsiya qilingan. Bosh konsulxonada bolalar uchun qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlariga topshirilgan.