We Global Football portali O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026ga chiqish imkoniyatini baholadi

Sport 14:26 / 07.09.2024 6510

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining A guruhidan JCh-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyati 70,3 foizga baholangan. Pley-off orqali yo‘llanmaga ega chiqishi 28,7 foizga baholangan, JCh-2026ga bora olmasligi esa 1 foizni tashkil etgan.

A guruhidan Eronning JCh-2026ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borish imkoniyati eng yuqori baholangan – 93,7%. BAA (19,5) bu borada 3-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Qatarning imkoniyati pasaytirildi – 16 foiz. KXDR va Qirg‘izistonning imkoniyati 1 foizni ham tashkil etmaydi.

Osiyo saralash bosqichidagi jamoalarning imkoniyatlari:

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchun Osiyoga 8,5 o‘rin ajratilgan. Har bir guruhdan 2tadan jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqsa, guruhlardagi 3-4-o‘rindagi jamoalar pley-offlar orqali qolgan 2,5ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: