Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarasiz deb topilgan shifoxonalar, parklar, stadionlar va boshqa obektlar xususiy sektorga berilishi mumkin
Yil oxirigacha ro‘yxat shakllantirib, qator obektlarni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i berildi. Ro‘yxatga samarasiz foydalanib kelinayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat saroylari, stadionlar, konsert zallari, istirohat bog‘lari va boshqalar kiritiladi.

Illyustrativ surat / Foto: E-auksion.uz
O‘zbekistondagi bir qator ijtimoiy muassasalar xususiy sektorga berilishi mumkin. Bu – 30 avgust kuni imzolangan davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, samarasiz foydalanib kelinayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari (shu jumladan, madaniyat saroylari, stadionlar, konsert zallari, istirohat bog‘lari) xatlovdan o‘tkaziladi.
Xatlov natijalariga ko‘ra, muassasalarni xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik asosida o‘tkazish bo‘yicha 2024 yil oxirigacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishi kerak.
Ijtimoiy obektlarning “samarasiz foydalanib kelinayotgani”ga qanday baho berilishi hozircha ma’lum emas.
Topshiriq ijrosiga iqtisodiyot va moliya vaziri, sog‘liqni saqlash vaziri, madaniyat vaziri, sport vaziri, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rais, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mas’ul etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan bir necha yil ichida Toshkentdagi uchta onkologiya shifoxonalari, “Paxtakor” stadioni, Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” kabi bir qator ijtimoiy maskanlarning sotib yuborilishi jamoatchilik bosimi to‘xtatib qolingan edi. Qolaversa, poytaxtdagi Abdulla Qodiriy va “Do‘stlik” bog‘larining investorga berib yuborilgani ham e’tirozlarga sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

21:21 / 01.07.2025
O‘zbekistonning DXSh loyihalari. Qanday risklar bor?

14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

19:11 / 04.10.2024
Tashkent city hududidagi banklar binolarini sotib olishga 4 investor qiziqish bildirdi – Davaktiv

16:00 / 28.09.2024