Rossiyadagi omborda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

Jamiyat 21:00 / 07.09.2024 23052

Sankt-Peterburgning Pervomayskiy tumanidagi omborda o‘zbekistonlik ishchi tigel press ichiga kirib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 6 sentabr kuni sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik 26 yoshli ishchi tasodifan tigel pressga tushib ketib, halok bo‘lgan. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Qayd qilinishicha, jabrlanuvchini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi, hodisa sabablari aniqlanmoqda, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda. Ishchi migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagani va rasman ishga joylashmagani ta’kidlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: