O‘zbekiston Pokiston bilan axborot texnologiyalari sohasida aloqalarni jadallashtiradi

O‘zbekiston 08:54 / 07.09.2024 1091

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Pokiston tomoni axborot texnologiyalari, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish sohasida O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarni yuqori baholashini bildirib, bu borada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.

"Pokiston va O‘zbekiston vazirliklari o‘rtasida hamkorlikning istiqbolli va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini belgilab olish, kelgusida birgalikda ishlash maqsadida qo‘shma ishchi guruh tashkil etish hamda tegishli "yo‘l xaritasini" ishlab chiqishni taklif qilaman", dedi davlat vaziri Shaza Fatima Xavaja.

Ko‘proq yangiliklar: