Rossiyada turli darajadagi saylovlarda ovoz berish boshlandi

Jahon 11:52 / 06.09.2024 1666

6 sentabr, juma kuni Rossiyaning qator hududlarida turli darajadagi saylovlar uchun uch kunlik ovoz berish boshlandi.

«Interfaks» agentligi eslatganidek, mamlakatning 83 ta hududida jami 4 mingdan ortiq saylov kampaniyasi o‘tkaziladi: «Turli darajadagi saylovlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasining 21 mintaqasi gubernatorlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlari, Moskva shahar dumasiga saylovlar rejalashtirilgan. Shuningdek, Davlat dumasi deputatlarining qo‘shimcha saylovlari mo‘ljallangan».

Ta’kidlanishicha, saylovda ovoz berish uch kun ichida Rossiyaning 30 ta hududida bo‘lib o‘tadi; ikki kun ichida - uchta sub’yektda; bir kun ichida - respublikaning sakkizta mintaqasida.

Rossiyada elektron ovoz berish

Shu bilan birga, masofaviy elektron ovoz berish Rossiya Federatsiyasining 25 ta sub’yektida ham mintaqaviy, ham munitsipal saylovlarida qo‘llanadi. U birinchi marta Oltoy Respublikasi, Komi, Mari El, Checheniston, Kostroma va Smolensk viloyatlarida o‘tkaziladi.

Oxirgi bir necha yil ichida bir qator kuzatuvchilar Rossiyada onlayn ovoz berishni himoyaga ega bo‘lmagan va soxtalashtirishlar uchun imkoniyat beruvchi tizim sifatida tanqid qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: