O‘zbekistonlik 21 yoshli qiz ammasi taklifiga ko‘ra Istanbulga borib, ko‘chada qolib ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
U Istanbulga o‘z ammasining taklifi asosida ishlashga kelib, qiyin vaziyatda qolgan. U 2 kun ko‘chada yashash joysiz yurgan, Jizzax viloyatidan kelgan 21 yoshli fuqaroning (ayol kishi) vatanga qaytishi ta’minlangan.
“Xalqaro o‘zbek sanoatchilari, tadbirkorlar va ilm insonlari jamiyati” a’zolari homiyligida aviachipta va boshqa to‘lovlari qoplandi. Yordam bergan barchaga qiz va konsulxona nomidan tashakkur bildirildi.