Baxmal mavsum - Turkiyada kuz oylari nima uchun bunday ataladi?

Jamiyat 21:25 / 06.09.2024 4301

Kuz oylarida Antaliyada ob-havo bahor kabi yumshoq bo‘ladi, yozning issig‘i ketgan, lekin hali ham quyoshli kunlar saqlanib qolgan. Harorat taxminan 20-25°C atrofida bo‘lib, bu sayyohlar uchun juda qulay - bu sizga faqat dengizdan zavqlanish emas, madaniy hordiq, unutilmas taassurotlar va xotiralar beradi.

Mo‘’tadil harorat sayohatchilarga ikki karra maroqli: bu paytda hali dengiz suvi sovimagan va cho‘milish uchun imkon bor. Bir sayohatning o‘zida ham yozning, ham kuzning, ham bahorning nafasini his qilish uchun shuning o‘zi yetarli.

Har mavsumdagi ommaviy turistlar oqimi kuzning oxiriga borib kamayadi, shu bois plyajlar va madaniy obektlar juda tiqilinch bo‘lmaydi. Bu esa xotirjam, shovqin-suronlarsiz, osoyishta dam olish imkonini beradi.

Eng qulay tomoni bu pallada katta ta’til tugab, sayyohlar oqimi nisbatan kamayishi sababli har ikkala shaharda ham mehmonxonalar, restoranlar va ekskursiyalar narxlari sezilarli darajada arzonlashadi. Bu bilan siz yozda bir kishiga mo‘ljallangan sayohat uchun ikki kishi bo‘lib dam olishingizga imkon yaratiladi.

Shuningdek, kun bo‘yi dengiz bo‘yidagi sokin manzarani tomosha qilib tinchlangan kayfiyatni kechki shoular ko‘taradi. Antaliya kuz oylaridagi madaniy tadbirlari bilan mashhur. Teatrlar, festivallar, san’at ko‘rgazmalari shu vaqtda ko‘plab tashrif buyuruvchilarni jalb etadi.

Qish yaqinlashib, atrof-muhit rang-barang ko‘rinishga kirib, sayyohlar uchun qator sayohat xotiralari va fotosessiyalar uchun juda yaxshi imkoniyat yaratadi. Kuzgi Antaliya sayohati osoyishta, arzon va madaniy jihatdan boy bo‘lib, dam olish va sayohat qilishni istaganlar uchun ajoyib tanlov.

Egey va O‘rta yer dengizlari birlashadigan ko‘rfaz ichiga kirib borgan Bodrum yarimoroli o‘zining maftunkor tabiati, toza havosi bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb qiladi. Bodrum o‘zining tiniq va moviy dengizlari, oq qumli plyajlari bilan mashhur.

Turkiya tozaligi uchun taqdim etiladigan Moviy bayroqqa ega plyajlari bilan jahonda uchinchi o‘rinni egallaydi. Bodrumdagi plyajlarning barchasi Moviy bayroqqa ega. Dengiz sohillaridagi restoranlar turk oshxonasining bor jozibasini taqdim etadi. Kemalarda sayr esa alohida masala.

Bodrumning tabiiy manzaralari kuzda go‘zal ranglarga to‘ladi. Kuz faslining yumshoq ob-havosida toza havo ostida sayyohat qilish, tog‘larda va dengiz bo‘ylarida piyoda yurish, tabiat quchog‘ida dam olish juda yoqimli bo‘ladi.

 

Ayniqsa Bodrumning tarixiy qadamjolari va muzeylari sayyohlarning e’tiborini tortadi. Bu yerdagi osori atiqalar: avliyo Pyotr qasri, Halikarnas mavzoleyi qoldiqlari, Bodrum amfiteatri albatta borib tomosha qilishga arziydi. Shuningdek, jahondagi eng yiriklaridan biri hisoblanuvchi suvosti arxeologiyasi muzeyida cho‘kib ketgan kemalar, haykallar va boshqa qadimiy osori-atiqalarni tomosha qilish mumkin. 

Bundan tashqari mahalliy bozorlarni aylanishni albatta unutmang. Haqiqiy turk madaniyati va boyligi shunda ko‘rinadi.

Kuzgi Bodrum sayohati osoyishta muhit, tarixiy va madaniy obidalarni tomosha qilish, bahordagi kabi yoqimli iqlimda dam olish uchun mos tanlov bo‘ladi. Mehmonxonalarda all inclusive va ultra all inclusive darajasida xizmat ko‘rsatiladi. Asialuxe Travel kompaniyasi bularning barini hisobga olgan holda sizga mos tur paketlarni tavsiya etadi. Parvozlar Uzbekistan Airways orqali Toshkentdan amalga oshiriladi.

Kelayotgan qishda hayotingizdagi muhim qarorlarni qabul qilish, rejalarni amalga oshirish uchun kuch to‘plashning ayni mavridi!

Kun.uz va Asialuxe Travel turoperatori hamkorligida tayyorlandi.

Ko‘proq yangiliklar: