Xitoy Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurishi mumkin

Iqtisodiyot 13:07 / 05.09.2024 1852

Investorlar Namanganda misni qayta ishlash zavodi qurish bo‘yicha loyiha taklifi bilan kelgan.

Xitoy kompaniyasi rahbari ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishini, birinchi bosqichda loyiha qiymati 40 mln dollar atrofida bo‘lishini, ishlab chiqarilgan mahsulotlar to‘liq eksport qilinishini bildirdi.

Uchrashuvda Namangan hokimi bu borada viloyatdagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratib berilishini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: