Toshkent viloyatida Jetour G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi

Jamiyat 07:49 / 05.09.2024 8657

4 sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ko‘prikdan o‘tayotgan mashina suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi.

Soat 16:00 da G‘azalkent-Chirchiq yo‘lida harakatlanib ketayotgan Jetour avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Oqtosh ko‘prigidan G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketgan.

Manzilga yetib borgan FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suvdan olib chiqqan. Avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchi jarohat olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: