"BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze janoblari bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari tomonidan mintaqada, shu jumladan Afg‘onistonda ham, umumiy farovonlik yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni doimiy ravishda BMT va uning missiyalari doimiy qo‘llab-quvvatlanayotgani yuksak qadrlanadi.
Qayd etilishicha, bir yoqadan bosh chiqarish va olg‘a intilish, mavjud barcha masalalarni hal etish hamda kelajak avlodlar bugungi harakatlar natijalaridan bahramand bo‘ladigan eng qulay shart-sharoitlar yaratish uchun hozirdan yaxshiroq fursat bo‘lmaydi.