Bir necha yil avval Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan Norvegiyadagi mashhur Xvaldimir laqabli beluga kitining jasadida o‘q jarohatlari topildi. Bu haqda 4 sentabr, chorshanba kuni OneWhale hayvonlarni himoya qilish tashkiloti ma’lum qildi. «Men oxirgi besh yil davomida Xvaldimir bilan birgaman va uni juda yaxshi bilaman. Uning jasadini ko‘rganimda, o‘qdan o‘ldirilganini darhol angladim. Hatto uning tanasiga o‘q tiqilib qolganini ham ko‘rdim», - deydi OneWhale asoschisi Regina Xaug. U bu hayvon uchun «adolat izlashini» qo‘shimcha qildi.
OneWhale va NOAH Norvegiya politsiyasiga shikoyat qilib, tergov boshlanishini talab qilishdi. Bayonotda aytilishicha, o‘q jarohatlari borligi veterinar, biolog va ballistika mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan.
Hayvonlarni himoya qiluvchining hammasi ham qotillik versiyasiga qo‘shilmadi
Xvaldimirning harakatlarini kuzatib, uning jasadini topgan Marine Mind tashkiloti asoschisi Sebastyan Strand o‘ldirilish haqida «shoshilinch xulosalar» chiqarmaslik kerakligini aytdi va beluga kiti tanasida ko‘rilgan yaralar qushlar tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Norvegiyalik dengiz biologi Viktoriya Pine Vine Strandning kit o‘limining tabiiy sabablari haqidagi ma’lumotlarini «ilmiy ishonchga loyiq bo‘lmagan» va jamoatchilikni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan «noto‘g‘ri ma’lumot» deb atadi.
Xvaldimir Rossiya bilan qanday bog‘liq edi?
Xvaldimir (norvejcha «xval» so‘zidan kit degan ma’noni anglatadi va Rossiya prezidentining ismi «Vladimir») 2019 yilning bahorida, Norvegiya qirg‘oqlarida birinchi marta payqaldi. Beluga tanasida ingliz tilida «Inventar St.-Peterburg» yozuvi bo‘lgan maxsus ip bor edi. Shu munosabat bilan, kit harbiy maqsadlarda foydalanish uchun Rossiya harbiy-dengiz flotida o‘rgatilgan, ammo keyin volerdan qochib ketgan degan taxminlar paydo bo‘ldi.
Xvaldimirning o‘ligi 2024 yil 31 avgustda topilgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, u 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan, garchi beluga kitlarining o‘rtacha umr ko‘rish muddati 30 yildan oshadi.