Ijtimoiy tarmoqlarda YTHga uchragan avtotreyler videosi tarqaldi. UzAuto Motors holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Yo‘l-transport hodisasi Farg‘ona viloyatida 4 sentabr kuni soat taxminan 18:00 da sodir bo‘lgan.
Logistika avtotreyleri haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.
YTH natijasida 8 ta Chevrolet Cobalt avtomobili zarar ko‘rgan, avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan.
Hozirda voqea joyida UzAuto Motors mas’ul xodimlari ishlamoqda.