Xalqaro ta’lim xabi. Vengriyada ta’lim olishning muhim jihatlari

O‘zbekiston 12:14 / 04.09.2024 9363

Kuzning dastlabki oyi oliy ta’lim olishda to‘g‘ri qaror qabul qilishning ayni pallasi hisoblanadi. Bugun O‘zbekistonda va xorijda sifatli ta’lim olishning cheksiz imkoniyatlari bor. Misol uchun Vengriyada o‘zbekistonlik talabalar soni tobora ko‘paymoqda.

Vengriya ta’limi nimasi bilan muhim?

Vengriya Oliy ta’lim muassasalarida xorijlik talabalar soni bo‘yicha Yevropa davlatlari orasida oltinchi o‘rinda turibdi. Ya’ni u yerda o‘qish qulay bo‘lgani sababli ko‘pchilik mamlakatlar aholisi Vengriyada ta’lim olishni ma’qul ko‘rishadi.

2023 yilga kelib, Vengriyada ta’lim olayotgan xorijlik talabalarning soni 45,000 atrofida bo‘lgan. Vengriyaning ko‘pgina universitetlari xalqaro talabalar uchun yangi imkoniyatlar va ta’lim dasturlari taklif qiladi.

Vengriya universitetlari jahon reytinglarida yuqori o‘rinlardan joy olgan va ularning ta’lim sifati xalqaro standartlarga mos keladi. Vengriyada ta’lim sifati yuqori, talabalar esa yuqori darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Masalan, Budapesht Texnologiya va Iqtisodiyot Universiteti va Etvos Lorand Universiteti xalqaro darajada tan olingan oliy o‘quv yurtlaridir.

Vengriyada ko‘plab ta’lim dasturlari ingliz tilida olib boriladi, bu esa xorijlik talabalar uchun qulaylik yaratadi.

Vengriyada kontrakt narxlari Yevropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan arzon. Bu talabalar uchun iqtisodiy jihatdan nihoyatda kerakli omil. Shuningdek, yashash narxlarining ham pastligi ijarada yashaydiganlar uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Yevropa Ittifoqi diplomi va talabalarga moliyaviy yordam

Vengriya Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lib, bu yerda olingan diplomlar O‘zbekistonda va Yevropaning barcha mamlakatlarida tan olinadi. Bu talabalar uchun mamlakatimizda yoki dunyoning istalgan nuqtasida ishlash imkoniyatini oshiradi. Bu esa O‘zbekistonda yetuk va salohiyatli kadrlar uchun imkoniyatlar katta bo‘lgan hozirgi davrda talaba uchun qulay sharoit deganidir.

Vengriyada xorijlik talabalar soni ko‘p. Bu talabalarga turli millatlar va madaniyatlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Xalqaro hamjamiyat talabalarning dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.

Vengriyada talabalar uchun ko‘plab stipendiya va grant programmalari mavjud. Bular talabalarga moliyaviy yordam ko‘rsatib, ularning ta’lim jarayonini yengillashtiradi. Masalan, Stipendium Hungaricum stipendiya programmasi ko‘plab xalqaro talabalar uchun moliyaviy yordam taqdim etadi.

Stipendium Hungaricum – o‘zbekistonlik talabalar uchun imkoniyat

Stipendium Hungaricum dasturi asosida Vengriya hukumati tomonidan o‘zbek talabalari uchun ajratilayotgan stipendiyalar dasturi doirasida har yili yuzlab o‘zbek talabalari Vengriyaning yetakchi universitetlarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 2021 yilda 170 nafardan ortiq o‘zbek talabasi ushbu dastur doirasida Vengriyada tahsil olgan.

Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatilgan. Vengriyaning ta’lim dasturlari va stipendiyalari orqali o‘zbekistonlik talabalarga imkoniyatlar taqdim etiladi. 2023 yilda Vengriyada taxminan 1000 dan ortiq o‘zbek talabalar o‘qigan.

Xorijda ta’lim olish – yaqinlardan olisda bo‘lish, Vatanni sog‘inish, mashaqqatlarni yengish xavotiridan voz keching. Chunki Qanot Sharq Aviakompaniyasi Toshkent-Budapesht yo‘nalishida muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar soni haftasiga ikki marotaba: yakshanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Kompaniya mijozlar uchun xavfsizlik, qulaylik va hamyonbop narxlarda aviachiptalarni taqdim etadi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−227−93−07. (+998) 71-227-57-71

Sayt: qanotsharq.com

Instagram: @qanotsharq

Telegram: t.me/qanotsharq

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: