Ukrainada uch vazir va fond rahbari iste’foga chiqdi

Jahon 10:39 / 04.09.2024 3211

Ukrainada uch vazir va Davlat mulk jamg‘armasi rahbari ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza topshirdi, dedi parlament spikeri Ruslan Stefanchuk 3 sentabr, seshanba kuni Facebook’da. «Ukraina Oliy radasi iste’foga chiqish to‘g‘risida arizalarni qabul qildi: Ukrainaning strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin, Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska, Ukraina atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri Ruslan Strelets, shuningdek, Ukraina Davlat mulk jamg‘armasi raisi Vitaliy Kovaldan», — deyiladi xabarda

Bir necha soatdan so‘ng Stefanchuk parlamentga Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Olga Stefanishina hamda bosh vazir o‘rinbosari, vaqtincha egallab olingan hududlar reintegratsiyasi bo‘yicha vazir Irina Vereshchukdan ham shunday arizalar kelib tushganini qo‘shimcha qildi. Spiker barcha arizalar Oliy radaning navbatdagi yalpi majlislaridan birida ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

Aleksandr Kamishin Telegram’da vazirlikdan iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozganini tasdiqladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, u iqtisodiyot va mudofaa qo‘mitalariga yopiq hisobot, shuningdek, Oliy radaga ochiq hisobot tayyorlamoqda. «Men mudofaa sanoatida ishlashni davom ettiraman, lekin boshqa rolda», deb yozgan u. 

Ko‘proq yangiliklar: