Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi

O‘zbekiston 08:37 / 04.09.2024 5062

“O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilindi.

5 ta yo‘nalishdan iborat O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan 2024 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

  • ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati;
  • amaliy tadbirlar rejasi.

2024 yil 1 noyabrdan:

➖davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi;
➖ prezident qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi.

2024 yil 1 noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.

Ko‘proq yangiliklar: