3 sentabr kuni Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, «Mundiyon» mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda Lacetti rusumli avtomobil do‘konga urildi. Bu haqda Samarqand viloyati YHXB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, haydovchi yo‘lning burilish joyida tezligi yuqori bo‘lgani sababli avtomobilni boshqara olmasdan do‘konga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Oqibatda do‘kon ichida bo‘lgan fuqaro tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.