Rossiyada taniqli olim davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha 15 yilga qamaldi

Jahon 14:32 / 04.09.2024 3452

Moskva shahar sudi RFA SB Nazariy va amaliy mexanika instituti direktorini davlatga xiyonat ishi bo‘yicha 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi rus tilidagi OAV va Telegram-kanallari 3 sentabr, seshanba kuni. 

«Pervyy otdel» inson huquqlari loyihasining Telegram-kanalida aniqlik kiritilishicha, Shiplyuk tadqiqotlari aniq havo-reaktiv dvigatellari bilan gipertovushli samolyotlar eksperimental aerotermodinamikasiga bog‘liq, u «Gipertovushli texnologiyalar» laboratoriyasini boshqargan. 

57 yoshli olim, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori Aleksandr Shiplyuk 2022 yil 5 avgustida hibsga olingan. U 2017 yilda Xitoyda bo‘lib o‘tgan ilmiy konferensiyada gipertovush sohasidagi maxfiy ma’lumotlarni uzatishda ayblangan, deyiladi «Pervyy otdel» xabarida.

Shiplyuk o‘z aybini tan olmadi va ko‘rib chiqilayotgan ma’lumotlar ochiq holda bo‘lganini, maxfiy emasligini ta’kidladi.

TASS agentligi xabar berishicha, sudning 3 sentabrdagi hukmi bilan Shiplyuk 500 ming rubl jarimaga ham tortilgan va unga qo‘shimcha ravishda 1,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. «Prokuratura ayblanuvchiga nisbatan 500 ming rubl miqdorida jarima va ikki yilga ozodlikni cheklash bilan 20 yil qattiq tartibli koloniyani so‘radi», deb eslatadi nashr.

Ish «maxfiy» toifasiga kirganligi sababli sud qarorning faqat rezolyutiv qismini e’lon qildi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan va apellyatsiya instansiyasiga shikoyat qilinishi mumkin.

Rossiyada bir yarim oyda uchinchi olim davlatga xiyonat ishi bo‘yicha hibsga olingan

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘linmasi (RFA SB) S.A.Xristianovich nomidagi Nazariy va amaliy mexanika instituti (NAMI) direktori Aleksandr Shiplyuk davlatga xiyonatda ayblanib, Novosibirskda hibsga olingandi.

«Institutda tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Ular bizning direktorimiz Aleksandr Nikolayevich Shiplyuk bilan bog‘liq. U hibsga olindi. Unga Maslov (ilgari hibsga olingan institut bosh ilmiy xodimi Anatoliy Maslov) bilan bir xil ayblovlar qo‘yilgan. Davlatga xiyonat», deya institut ilmiy direktori Vasiliy Fominning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS. 

Aleksandr Shiplyuk - taniqli rossiyalik olim, RFA muxbir a’zosi, yuqori tezlikdagi aerogazodinamika va gaz oqimlarini o‘rganishning eksperimental usullari sohasidagi yirik mutaxassis, deyiladi uning institut saytidagi tarjimai holida.

RFA SB NAMIda Shiplyuk «Gipertovushli texnologiyalar» laboratoriyasini boshqargan hamda direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. Institut saytidagi ma’lumotga ko‘ra, Shiplyukning asosiy ilmiy izlanishlari «aerofizik tadqiqotlarning eksperimental bazasi va usullarini ishlab chiqish», yuqori parvoz tezligida to‘lqin jarayonlarini o‘rganish, «gipertovushli uchar qurilmalarining eksperimental aerotermodinamikasi» bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: