Koreya o‘zbekistonlik yoshlarni xalq tabobatiga asoslangan farmatsevtika sohasida o‘qitishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 11:53 / 04.09.2024 1075

Janubiy Koreyaning Daegu Haany universiteti Buxoro davlat tibbiyot institutida xalq tabobati asosida ilmiy tadqiqotga asoslangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik yoshlarni xalq tabobatiga asoslangan farmatsevtika sohasida o‘qitish, Buxoroda qirol Sejong koreys tili markazini ochish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga yuqori baho berilib, mazkur loyiha doirasidagi vazifalar, shuningdek, istiqbolda Daegu Haany University bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: