“O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025 yil 1 yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 2028 yil 1 yanvargacha har oyning 25-sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:
🔹 oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:
➖60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
➖60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi;
🔹turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi.
2024 yil 1 noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi.
2025 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina reyestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi.
2025 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.