Amerikalik milliarder Jyeff Bezos 80 mln dollarga shaxsiy samolyot sotib oldi
Rolls-Royce dvigatellari o‘rnatilgan Gulfstream G700 dunyodagi eng tezkor xususiy samolyotlardan biri hisoblanadi.

Foto: johnschreiber
Amazon asoschisi yarim milliard dollarlik Koru yelkanli yaxtasidan keyin o‘z kolleksiyasini to‘rtinchi shaxsiy samolyot bilan boyitdi.
Rolls-Royce dvigatellari o‘rnatilgan Gulfstream G700 dunyodagi eng tezkor shaxsiy samolyotlardan biri hisoblanadi. Uning intereri beshta xona, yuvinish xonasi va hojatxona, shuningdek, katta oshxonadan iborat. Samolyot jami 19 kishini tashiy oladi, Gulfstream G700’ning maksimal parvoz uzoqligi — 14 ming kilometrdan ortiq.
JetSpy servisi ma’lumotlariga ko‘ra, Bezosning shundoq ham oldingi Gulfstream G650 modelidan ikkita samolyoti, bundan tashqari, Shveytsariya kompaniyasiga tegishli Pilatus PC-24 havo kemasi mavjud. Mutaxassislarning baholashicha, Amazon asoschisining aviatsion kolleksiyasi 200 million dollarni tashkil etadi.
Gulfstream G700 samolyoti — bozorda yangi bo‘lib, butun dunyo milliarderlari uning xarid qilish yo‘lida kurashmoqda. Taxminlarga ko‘ra, joriy yilning iyul oyidan beri amerikalik yana bir milliarder Ilon Mask ham Gulfstream G700 samolyotiga egalik qilmoqda.
Mavzuga oid

18:40 / 05.02.2025
Jyeff Bezos Trampning g‘azabini keltirmaslik uchun iqlim bo‘yicha tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatdi

17:19 / 16.01.2025
Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi ilk bor New Glenn og‘ir raketasini orbitaga uchirdi

02:23 / 09.01.2025
The Washington Post gazetasi 100 ga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

21:20 / 01.01.2025