Turoperatorlarga turistlarni jalb qilish uchun imtiyozli mablag‘lar ajratiladi

O‘zbekiston 14:50 / 03.09.2024 1493

Biznes-ombudsman xabariga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali 50 million AQSh dollari ekvivalentida milliy valutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi

Bunda:

  • tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi;
  • kredit mablag‘lari turoperatorlarga 2 yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10 yil muddatga ajratiladi;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga ajratiladi.
Ko‘proq yangiliklar: