Toshkentning ikki tumanida ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi 

O‘zbekiston 09:03 / 03.09.2024 4937

“Toshkent shahar suv ta’minoti” xabariga ko‘ra, 2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 5 sentabr soat 09:00 dan 6 sentabr 21:00 ga qadar ichimlik suv bosimi pasayishi kuzatiladi hamda qator hududlarda vaqtincha bo‘lmaydi.

Ular:

Bektemir tumani bo‘yicha: Mirishkor, Rohat, Majnuntol, Zilola, Iqbol, Chashma, Iyk ota, Abay, Gulbog‘, Husayn Boyqaro, Bektemir, Oltintopgan, Sohil, Musaffo mahallalari hamda “Vodnik” issiqlik markazida;
Yunusobod tumani bo‘yicha: Islomobod, Hasanboy, Sharq haqiqati mahallalarida.

Ko‘proq yangiliklar: