Qozog‘iston janubidagi «avariya»da O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi

Jahon 18:58 / 03.09.2024 3476

Qozog‘istonning Chimkent shahridagi «Jibek Jo‘li» bozori yaqinida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi fojia bilan yakunlandi, deb xabar berdi Tengrinews.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Olmaota yo‘lining ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Toyota Alphard mikroavtobusiga borib urilgan. Oqibatda Opel haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

«Yana yetti kishi jabrlandi, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular «Toyota Alphard»da bo‘lgan va Qizilo‘rdadan uyga ketayotgan edi», deyiladi xabarda.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, tergov boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: