Ijodiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy mutaxassislar borgan sayin ko‘proq masofadan turib yoki doimiy ravishda sayohat qilgan holda ishlashmoqda. Ularga ish uchun vosita tanlashda mobillik va mahsuldorlik asosiy omillar hisoblanadi.
ASUS kompaniyasining ProArt turkumi har doim dizayn, grafika va video tahrirlash sohasidagi professionallarga mo‘ljallangan qurilmalari bilan mashhur bo‘lgan. Yangi ProArt P16 noutbuki ushbu an’anani davom ettirib, foydalanuvchilarga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, dadil ijodiy g‘oyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani taqdim etadi.
Funksionallik estetikasi
ASUS ProArt P16 o‘zining nafis va ixcham dizayni bilan darrov o‘ziga rom etadi. U klassik mat qoplamali Nano Black – qora rangdagi iz qoldirmaydigan maxsus qoplamaga ega. Noutbuk nafaqat zamonaviy, balki juda ixcham va bardoshli ko‘rinishga ega: vazni 1,85 kg dan oshmaydi.
Ijodiy salohiyatni kengaytirish uchun yangi ProArt P16 interfeyslarning to‘liq to‘plamini taqdim etadi. Foydalanuvchi HDMI 2.1 yordamida tashqi monitorni ulashi, USB4 ko‘magida USB-C orqali noutbukni tezda zaryadlashi yoki yashin tezligida katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishi mumkin bo‘ladi. Xotira kartalari bilan ishlash qulayligi uchun yuqori tezlikdagi SD Express 7.0 kartani o‘quvchi taqdim etilgan va internetga simsiz ulanish uchun esa eng so‘nggi Wi-Fi 7 texnologiyasi mavjud.
ProArt P16’ning yana bir muhim xususiyati – bu to‘g‘ridan to‘g‘ri sensorli panelda ko‘rsatiladigan eksklyuziv DialPad virtual kontrolleri. Uning yordamida, masalan, Adobe Photoshop, After Effecs va Premiere Pro’da ish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish va asosiy dastur interfeysidan chalg‘imasdan turli parametrlarni tezda sozlash mumkin. Ushbu innovatsion element noutbuk bilan ishlashni yanada intuitiv va qulay qiladi.
Maftun qiluvchi tasvir
ASUS ProArt P16 ning «yuzi» - bu ajoyib 16 dyuymli ASUS Lumina OLED sensorli displey bo‘lib, 4K piksellar soniga ega va u nihoyatda aniq ranglarni yetkazadi hamda chuqur kontrastlarni ta’minlaydi. Kinematografik rang gammasi – 100% DCI-P3 tufayli noutbuk professional fotosuratlar va videolarni qayta ishlash, shuningdek, multimedia kontentini ko‘rish uchun juda mos keladi.
ASUS Lumina OLED displeylarining rang-barangligi Pantone sertifikati bilan ham tasdiqlangan. ProArt P16’da kontent bilan ishlashga 0,2 ms ga teng ultra past javob qaytarish vaqti, chuqur qora ranglar va yuqori kontrast (1 000 000:1) yordam beradi, buning natijasida OLED displeyidagi tasvir juda ifodali ko‘rinadi. Bunday xususiyatlar qorong‘u sahnalar ustida ishlash va effektlarni yaratishda video muharrirlari uchun qadrli bo‘ladi.
ProArt P16 OLED displeyi ijodiy ishlar bo‘yicha mutaxassislarning ko‘z salomatligi haqida ham g‘amxo‘rlik qiladi. U TUV Rheinland Low Blue Light va SGS tomonidan sertifikatlangan LCD displeylarga qaraganda 70% kamroq zararli ko‘k nur chiqaradi. Bu, ayniqsa, o‘z ishiga ishtiyoqli va ko‘p vaqtini ijodga sarflaydigan mutaxassislar uchun juda muhimdir.
Tezroq ishlash va yorqinroq yaratish uchun
ProArt P16’ni ishonch bilan – nafaqat belgilangan vazifalarni bajara oladigan, balki foydalanuvchini yangi yutuqlarga ilhomlantiradigan va keyingi bosqichga olib chiqadigan noutbuk deb atash mumkin. Yangi mahsulot 50 TOPS kuchiga ega neyroprotsessorli AMD Ryzen AI 9 HX 370 va 321 TOPS SI-samaradorligiga ega NVIDIA GeForce RTX 4070 video kartasi bilan jihozlangan. Va bu ijodkorlik uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarni beradi.
Murakkab 3D sahnani vizuallashtirish kerakmi? ProArt P16 buni osonlik bilan qila oladi, bir zumda o‘zgarishlarni ko‘rsatadi va jarayonga diqqatni jamlashda yordam beradi. Videoni ko‘p effektlar bilan yuqori aniqlikda tahrirlash kerakmi? Kuchli protsessor va video karta tufayli foydalanuvchi kechikishlar va sekinlashuvlarsiz ishlay oladi. Batafsil grafiklar yaratish kerakmi? Ushbu noutbuk hatto eng talabchan ilovalar bilan ham uzluksiz ishlashni ta’minlay oladi.
Ammo ProArt P16 shunchaki kuchli komponentlar to‘plami emas. Bu egasining tezroq va samarali ishlashiga yordam beradigan aqlli vositadir. O‘rnatilgan AMD XDNA NPU tasvir va video yaratish hamda obektni aniqlash kabi sun’iy idrok vazifalarini tezlashtiradi.
Va samarali sovutish tizimi tufayli ProArt P16 maksimal ish yuki ostida ham barqaror ishlashiga amin bo‘lishingiz mumkin. Markaziy va grafik protsessorlar uchun mo‘ljallangan 120 Vt gacha bo‘lgan jami termopaket tufayli ishingizga to‘liq sho‘ng‘ib, qizib ketish va sovutish haqida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi.
Shaxsiy ijodiy studiya
Har bir ijodkor eng jiddiy ijodiy g‘oyalarni amalga oshirish uchun barcha zarur vositalar bilan jihozlangan o‘z studiyasi bo‘lishini orzu qiladi. ProArt P16 yaratuvchilari esa o‘z foydalanuvchilarining xohish-istaklariga e’tibor qaratib, ixcham qobiqda ijodkorlar uchun maxsus yaratilgan ilovalarning noyob to‘plamini jamlashdi.
Masalan, noutbukda ProArt Creator Hub deb nomlangan markazlashtirilgan boshqaruv markazi mavjud. Uning yordamida barcha loyihalarni boshqarish, ish muhitini sozlash va vazifalarga qarab turli ilovalar o‘rtasida tezda o‘tish mumkin.
MuseTree ilovasi, sun’iy intellekt yordamida va internetga ulanishni talab qilmasdan, ilhomlantira oladi, bo‘sh sahifani ko‘rish qo‘rquvini yo‘q qiladi va ishni tezlashtiradi. Ushbu vosita osongina eskizlar yaratishi, ranglar palitrasini tanlashi va turli kompozitsiyalar bilan tajriba o‘tkazishi mumkin.
Sun’iy intellektga ega yana bir shaxsiy yordamchi raqamli materiallarni boshqaradigan StoryCube bo‘ladi. Ilova go‘yoki noutbukda cheksiz papka yaratadi, undagi fayllarni ideal tarzda tartibga soladi va kerakli rasmlar, videolar hamda boshqa manbalarni, hatto nomlarni ko‘rsatmasdan ham mahalliy so‘rov bo‘yicha tezda topishga yordam beradi.
ASUS ProArt P16’ni O‘zbekistondagi elektronika do‘konlarida, shuningdek, ASUS’ning rasmiy hamkori: nout.uz’dan xarid qilish mumkin.
Reklama huquqlari asosida