O‘zbekiston | 17:00 / 10.02.2025
2657
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Zenbook A14 tahlili: yengillik va intellektual unumdorlik bir qurilmada mujassam

ASUS 2025 yilda yana o‘zining nafis yechimlari va innovatsiyalari bilan jahon IT hamjamiyatini zabt etmoqda va mutlaq yangi Zenbook A14`ni chiqarmoqda. Yangi noutbuk haqiqiy yutuq bo‘ldi, u hayratlanarli yengil bo‘lishiga qaramay, yangi avlod intellektual kuchiga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga noyob tajriba taqdim eta oladi. Ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt tufayli Zenbook A14 ish, ijod va kundalik vazifalarda ajralmas yordamchiga aylanadi.

Foto: ASUS

Sun’iy intellekt bilan kuchaytirilgan unumdorlik

Zenbook A14 oddiy komponentlar to‘plami emas, balki ustuvor imkoniyatlar olamini ochib beradi. Kuchli Snapdragon X protsessori, Qualcomm AI Engine tezlatkichi va sun’iy intellekt vazifalarida 75 TOPS unumdorligi bilan u foydalanuvchining ehtiyojlarini go‘yoki oldindan sezib, zarur yechimlarni taklif qiladi.

Zenbook A14 brauzerda ko‘plab oynalar bilan ishlash yoki murakkab grafik dasturlarni ishga tushirish kabi har qanday vazifani osonlik bilan uddalaydi. LPDDR5X operativ xotirasi va SSD tezkor xotira qurilmasi tufayli jarayonlar kechikishlarsiz amalga oshadi. Ish tezligini oshirishga esa so‘nggi Qualcomm FastConnect 7800 simsiz moduli yordam beradi. U orqali dunyoning istalgan nuqtasida barqaror va tezkor internetdan foydalanib, doimiy aloqada qolish mumkin.

Arm arxitekturasi va optimallashtirilgan Windows 11 tufayli Zenbook A14 harakatlarni darhol bajaradi, keyingi qadamni oldindan sezgandek. Ishdan tanaffus qilish kerakmi? Ishga qaytganda, foydalanuvchi qo‘shimcha yuklash uchun vaqt sarflamasdan, bir zumda bir xil darajada va tezlikda ishni davom ettiradi. Ishning bu holdagi ravon va uzluksiz kechishi chindan ham zavq bag‘ishlaydi.

Zenbook A14 nafaqat buyruqlarni bajaradi, balki fikrlarni ilg‘ab, jarayonlarni optimallashtiradi va takliflar bilan chiqadi. Noutbuk katta hajmdagi ma’lumotlarni bir zumda tahlil qiladi, qonuniyatlarni aniqlaydi va kerakli natijaga erishishga yordam beradi.

Ingichka siluyet va ilhomlantiruvchi vizual

Zenbook A14 nafaqat funksional, balki estetik zavq ham bag‘ishlaydi. Dizaynerlar har bir detalni o‘ylab, uning nafaqat foydali, balki o‘ziga xos uslubni yaratishini ta’minladilar. Yaratuvchilar dizayni har bir detalgacha o‘ylab chiqib, unda endi har bir element nafaqat funksionallikka xizmat qiladi, balki noyob qiyofa ham yaratadi. Shunday qilib, tanlangan rang egasining butun bir tarixini, afzalliklarini va hayot tarzini aks ettira oladi. Sokin kulrang Iceland Gray rangli model sirli Islandiya, uning tog‘li tabiati haqida o‘ylatsa, iliq och jigarrang Zabriskie Beige esa iliq quyosh bilan isingan osoyishta cho‘llarga olib boradi. Biroq Zenbook A14 faqatgina tashqi ko‘rinishdan iborat emas. ASUS muhandislari yangi modelda butun korpus uchun Ceraluminum materialidan foydalangan holda katta qadam tashladilar. Buning natijasida noutbuk nafaqat mustahkamroq va yengilroq bo‘ldi, balki ipakka tegish kabi taqqoslanadigan g‘oyat yoqimli yuzaga ega bo‘ldi.

Mobillik-chi? Zenbook A14 vazni bir kilogrammdan kam — atigi 980 gramm — va juda nozik konstruksiyaga ega. Bu esa, egasi uni istalgan joyga: uchrashuvga, qahvaxonaga yoki hatto uzoq sayohatga osonlik bilan olib ketishi mumkin degani. Uning quvvat olishi haqida tashvishlanishning ehtiyoji yo‘q — yangi model quvvat manbaiga ulanmagan holda 32 soatgacha mustaqil ishlashi mumkin.

OLED displey orqali mukammal tasvir sifati

Zenbook A14 erkinlik va harakatchanlikni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. Ekranning ingichka ramkalari va 180 darajaga ochilish imkoniyati ushbu noutbukni ijod va muloqot uchun muvofiq vositaga aylantiradi. Noutbuk bilan g‘oyalarni hamkasblar bilan bo‘lishish, mijozlarga taqdimotlar o‘tkazish yoki do‘stlar bilan sevimli filmlarni tomosha qilish juda qulay. Uzoq vaqt — 32 soatgacha bo‘lgan avtonom ish tufayli rozetkalarni mutlaqo unutib, qulay joyda ishlash yoki dam olish mumkin.

Grafika va dizayn bilan shug‘ullanuvchilar uchun Zenbook A14 chindan kashfiyot bo‘ladi. 100% DCI-P3 rang qamrovini qo‘llab-quvvatlovchi 14 dyuymli ASUS Lumina OLED displeyi har qanday murakkablikdagi loyihalarni yaratish uchun mukammal vositadir. Ranglarning yuqori aniqligi barcha yorqin g‘oyalarni amalga oshirishga yordam beradi, bunda har bir tus ijodkor qanday o‘ylagani kabi bo‘ladi.

Sun’iy intellekt assistent bilan yangi imkoniyatlar

Zenbook A14 o‘zining sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratadi. Copilot+ PC 2.0 versiyasidagi yangi yordamchi bo‘lib, fayllarni izlash, parametrlarni sozlash va matn hamda tasvirlar ustida turli vazifalarni bajarishga yordam beradi.

Click to Do funksiyasi va intellektual qidiruv ish jarayonini tezlashtiradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar Zenbook A14 bilan noyob illyustratsiyalar yaratish, fotosuratlarni tahrirlash va maxsus dasturlar yordamida rasmlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Videoaloqalar uchun Zenbook A14 ASUS AI Noise Cancelation shovqinni bosish tizimi va AiSense kamera bilan jihozlangan. Bundan tashqari, StoryCube mediagalereyasi fotosurat va videolarni qulay tarzda tashkil qilish, shuningdek, xavfsizlik va ovoz optimizatsiyasi uchun turli ilovalarni ham o‘z ichiga oladi.

Zenbook A14`ni O‘zbekistonning elektron texnologiyalar do‘konlarida, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori upg.uz saytida xarid qilish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid

E`lonlar