Moskva metrosida urushga yollash punktlari ochildi

Jahon 17:46 / 02.09.2024 8551

Sota pablikining xabariga ko‘ra, shunday shartnoma asosida jang qiluvchilar uchun yollanish punktlarining biri Moskva metropolitenining “Slavyanskiy bulvar” bekatida, aktivist Paulina Safronovning yozishicha, boshqa bir punkt “Xovrino” metro bekatida ochilgan.

Avgust oyi boshida Moskva shahri meri Sergey Sobyanin shu yilning oxirigacha Ukrainadagi urushga 23 ming odam jo‘natishi va poytaxt Rossiya hududlari ichida shartnoma asosida jang qiluvchilar soni bo‘yicha yetakchiga aylanishini ta’kidlagan edi.

Iyul oyining oxirlarida Sobyanin Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaganlik uchun bir martalik to‘lov miqdorini 1,9 mln rublgacha ko‘tarish to‘g‘risida farmoyish imzolagan edi. Bu summa toki Sankt-Peterburgda 2,1 mln rubldan to‘lov boshlangunga qadar Rossiya hududlari ichida rekord summa bo‘lib turdi.

To‘lov miqdorining oshirilishiga sabab urushga borishni istovchilar soni qisqargani bilan bog‘liq, degan “Vyorstka” nashriga Moskva merligidagi manba. Shartnoma asosida xizmatga tanlab olish yagona punkti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yonidan, 2024 yilning avgust oyi boshlarigacha RF Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga qiziqish so‘nib borgan. Masalan, 2023 yilning avgustida Moskva shahrida urushda ishtirok etishga istak bildirganlar soni 3 mingdan oshgan bo‘lsa, 2024 yilning iyuniga kelib bundaylar soni ming kishi atrofida bo‘lgan.

To‘lovlarning 1 avgustdan boshlab oshirilishi tanlovda o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazgan — urushish istagida bo‘lganlar soni birdaniga uch barobarga oshgan. Shartnoma imzolayotganlarning 90 foizida moliyaviy muammolar bor, degan “Vyorstka” hamsuhbati. Moskva frontga yetkazib berayotgan shartnomachilarning 70 foizi Rossiyaning boshqa hududlaridan poytaxtga kelganlar. Moskvaliklar va Moskva oblastidan bo‘lganlar tanlab olish punktlari orqali yangi shartnoma imzolaganlarning 20 foizini ham tashkil etmaydi.

Shuningdek, shartnoma imzolayotganlarning 10 foizi chet davlat fuqarolaridir. “Bu yerda xitoyliklar, serblar, braziliyaliklar, misrliklarni ham uchratish mumkin, lekin eng ko‘pi O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir”, — degan “Vyorstka” manbasi.

Moskvada shartnoma imzolash istagini bildirganlarning barchasi “Moslift”, “Mosgaz”, “Mosvodokanal”, “Mosmetro”, Moskva avtomobil yo‘llari kabi budjet tashkilotlarining xodimlari sifatida urushga jo‘natilmoqda. Chunki barcha budjet tashkilotlari zimmasiga shartnoma asosida xodimlarini urushga jo‘natish uchun kvota o‘rnatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: