Isroil G‘azoda emlash ishlari uchun o‘t ochish to‘liq to‘xtatilishini rad etdi

Jahon 14:42 / 02.09.2024 1108

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ofisi G‘azo sektorida poliomionelitdan aholini emlash uchun to‘liq otashkesim joriy etilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

«G‘azoda poliomiyelitga qarshi emlash uchun to‘liq sulh haqidagi xabarlar haqiqat emas. Isroil emlanadigan guruhlar o‘tadigan gumanitar koridorni taqdim etadi», - deb yozgan bosh vaziri Binyamin Netanyahu ofisining maslahatchisi Dmitriy Gandelman Telegramda.

Emlash ishlarini tashkil etish uchun bir necha soat davomida xavfsiz bo‘ladigan cheklangan zonalar ham yaratiladi, deya ta’kidladi u.

Isroil G‘azo sektorida poliomiyelit avj olishi, shu jumladan butun mintaqada epidemiyalar tarqalishi oldini olishga katta ahamiyat berishi qayd etildi.

29 avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berishicha, G‘azoda emlash kampaniyasi 9 kun - eksklavning markaziy, shimoliy va janubiy qismlarida uch kundan bo‘lib o‘tadi. Bu kuniga soat 06.00 dan soat 15.00 gacha davom etadigan «gumanitar sulhlar» bilan birga kechadi, deya ta’kidlab o‘tdi tashkilot.

Ko‘proq yangiliklar: