Ctatistika agentligining xabar qilishicha, joriy yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 51,4 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Turkmaniston – 48 186 nafar;
- Tojikiston – 25 729 nafar;
- Afg‘oniston – 1 866 nafar;
- Xitoy – 822 nafar;
- Hindiston – 648 nafar;
- Turkiya – 615 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 465 nafar;
- Janubiy Koreya – 400 nafar;
- AQSh – 261 nafar;
- Rossiya – 215 nafar;
- boshqa davlatlar – 1 309 nafar.