Surxondaryoning ayrim hududlarida paxta terimi boshlandi

O‘zbekiston 11:38 / 30.08.2024 4765

Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida paxta-yig‘im terimi boshlandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar qildi.

Termiz tumanidagi “Qoraxon paxtakori” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektar maydonni egallagan hududda 60 sxemada “Buxoro 102” navi ekilgan. Bu yerda gektaridan 50 sentnerdan hosil olish ko‘zda tutilgan.

Mazkur hududda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilgani, g‘o‘zaning vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borilgani va ularning aprobatsiyasi to‘g‘ri va o‘z muddatida amalga oshirilgani o‘z natijasini ko‘rsatgan.

Bo‘liq ko‘saklar ochilgan, olimlarning fikriga ko‘ra, 49 sentnerdan hosil olish mumkin. Tumandagi boshqa fermer xo‘jaliklarida paxta terimiga start berilgan bo‘lib bu yerda 2 sentabrdan bu yerda paxta terimini boshlash rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: