Qozog‘iston Tojikistondan elektrni O‘zbekiston orqali import qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 08:47 / 30.08.2024 2477

Qozog‘iston O‘zbekiston energetika infratuzilmasi orqali Tojikistondan elektr energiyasi import qilishni rejalashtirmoqda.

Qozog‘iston Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 2023 yilda Qozog‘iston va Tojikiston 2023−2032 yillarda Rog‘un GESdan elektr energiyasi yetkazib berishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.

Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Usmonali Usmonzoda va Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri o‘rinbosari Manuchehr Safarzoda bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar Qozog‘istonga elektr energiyasini eksport qilishning ehtimoliy texnik parametrlari va tijorat shartlarini ko‘rib chiqmoqda.

Elektr energiyasini yetkazib berishda texnik imkoniyatlarning mavjudligi va O‘zbekiston elektr tarmoqlari orqali kelishilgan tranzit rejimlari hisobga olinadi.

Tomonlar 2024 yil 15 oktyabrgacha Markaziy Osiyo davlatlarining manfaatdor tashkilotlari bilan qo‘shni davlatlar energetika tizimlari o‘rtasida rejadan tashqari elektr energiyasi oqimlarini tartibga solish bo‘yicha kelishuvlar tuzish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: