Germaniya “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng ilk marta afg‘onlarni deportatsiya qilishni boshladi

Jahon 14:00 / 30.08.2024 5491

30 avgust kuni Germaniya hukumati qarori bilan 28 nafar Afg‘oniston fuqarolarini deport qildi. Deport qilingan fuqarolar Germaniyada huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir qilgani aytilmoqda. Ular Qatar aviakompaniyasining samolyotida Kobulga olib boriladi.

Bu “Tolibon” hokimiyatga qaytganidan buyon Germaniya ilk marta afg‘onlarni yurtiga qaytarishi. Ularning deport qilinganini Saksoniya shtati politsiya boshlig‘i mahalliy nashrlarga tasdiqlagan. Shpigel nashriga ko‘ra, afg‘onistonliklarni qaytarish chog‘ida Germaniya hukumati vakillari “Tolibon” bilan oylar davomida yashirin muzokaralar olib borgan.

Qaytarilayotgan 28 muhojirning har biriga 1000 yevrodan naqd pul berilgan, bortda shifokor ham bor. Afg‘onlar Germaniyaning turli hududlaridan olib kelingan, tadbir federal hukumat rahbarligida olib borilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir hafta oldin Zolingen shahrida o‘tkazilgan festivalda fojia yuz berdi. Pichoq bilan qurollangan shaxs hujumi oqibatida bir necha kishi vafot etgan, 8 kishi jarohatlangan. Gumonlanuvchi sifatida migrantlardan biri qo‘lga olingan.

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Feyzer yaqin vaqtlar ichida Germaniya va Afg‘onistonga migrantlarni deport qilish boshlanishini aytgan edi. U deportatsiya dasturi Zolingendagi hujum oldinroq ishga tushirilganini ma’lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: