Yo‘l harakati qoidabuzarligi bilan bog‘liq noto‘g‘ri qarorlar ustidan onlayn shikoyat qilish imkoni yaratildi
Endilikda fuqarolar yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha e’tirozni – rasmiy ariza sifatida my.gov.uz orqali onlayn yuborishi mumkin.

Saytdan skrinshot
Vazirlar Mahkamasining 5 iyuldagi qaroriga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda my.gov.uz portalida «Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar haqida murojaat yuborish» xizmati ishga tushirildi.
Ushbu xizmat jismoniy va yuridik shaxslarga 10 kun muddatda bepul ko‘rsatiladi. Buning uchun e’tirozni asoslovchi ma’lumotlarni kiritish va yuborish tugmasini bosish kifoya.
Raqamli texnologiyalar vazirligiga ko‘ra, mazkur xizmat hozircha sinov tariqasida ishlamoqda, 1 sentabrdan to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid

13:10 / 27.02.2025
Toshkentda bir oyda 100 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etildi

20:22 / 21.02.2025
Qaysi qoidabuzarliklar uchun jarima balli hisoblanadi?

15:55 / 17.02.2025
Yoritkich ustunlardagi kameralar: hukumat belgilagan talab nega ishlamayapti?

12:28 / 05.01.2025