Jamiyat | 13:10 / 27.02.2025
1649
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bir oyda 100 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etildi

15 yanvardan 15 fevralga qadar o‘tkazilgan maxsus profilaktik tadbirlar davomida yo‘l harakati qoidabuzarligi bilan bog‘liq 102 404 ta holat qayd etildi. 

Foto: IIV

Toshkent shahrida 2025 yil 15 yanvardan 15 fevralga qadar o‘tkazilgan maxsus profilaktik tadbirlar doirasida 102 404 ta yo‘l harakati qoidabuzarligiga oid holat qayd etildi.

Ushbu qoidabuzarliklar ichida qo‘pol qoidabuzarliklar 9 807 ta, mast holda avtomashina boshqarish 366 ta, svetofor ishoralariga amal qilmaslik 83 tani tashkil qilmoqda.

Shuningdek, oylik davomida jami 801 ta giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. 

Ular bo‘yicha 567 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 158 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 76 ta holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid