O‘zbekiston Dubaydagi yirik biznes vakillarini xususiylashtirish loyihalariga jalb qiladi

Iqtisodiyot 11:49 / 29.08.2024 1473

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BAA ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, biznesmenlar manfaatlarini himoya qilish hamda qo‘shma iqtisodiy tadbirlarni birgalikda tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Dubay tomoniga "O‘zbekiston-2030" strategiyasida iqtisodiy sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan muhim maqsadlar, davlat-xususiy sheriklik asosida taklif etilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi. Xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik loyihalariga Dubaydagi yirik biznes vakillari va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish maqsadida maxsus taqdimot tadbirlarini hamkorlikda o‘tkazish taklif etildi.

Muhammad Lyuta tashkilotning bu borada to‘plagan tajribasidan kelib chiqib, hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. U, shuningdek, O‘zbekiston-BAA ishbilarmonlari forumini o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston tomonidan taklif etilayotgan investitsiyaviy loyihalarni Dubay savdo-sanoat palatasi a’zolari o‘rtasida keng targ‘ib qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: