"Oqila ayol" harakati faollarni pul mukofoti bilan rag‘batlantiradi

O‘zbekiston 07:28 / 29.08.2024 1609

2024 yil 1 sentabrdan boshlab "Oqila ayol" harakatining faol va tashabbuskor ishtirokchilarini Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyatiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan har yarim yilda bir marta 1 EKIH miqdorida rag‘batlantiradilar.

Bunda:

  • respublika, viloyat va tuman (shahar)da faoliyat yakunlari yarim yilda bir marta Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari yig‘ilishlarida muhokama qilinadi, eng yuqori natijalarga erishgan faol va tashabbuskor shaxslar aniqlanadi;
  • respublika darajasida 10 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va poytaxt darajasida 3 kishidan, tuman (shahar) darajasida 2 kishidan tanlanadi;
  • mahallalar darajasida 300 nafar ayol rag‘batlantiriladi.

Eng yuqori natijalarga erishgan faol ayollarni rag‘batlantirish tartibi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: