Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston 00:21 / 29.08.2024 9991

2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekistonda magistratura bosqichi uchun arizalar 2024 yilning 1–30 iyul kunlari magistr.edu.uz tizimi orqali to‘ldirilgan. Rad etilgan talabgorlarga qo‘shimcha muddat berdi. Ular 6-8 avgust kunlari arizalarini qayta tahrirlash imkoni berilgan edi. 

Yangi tartibga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihon o‘tkazilmadi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida o‘qishga qabul qilinadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqilgan.

Joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari uchun davlat OTMlarida jami 17 ming 500 o‘rin ajratilgan. Davlat granti uchun ajratilgan kvotalar – 9 365 tani tashkil qildi. Shundan o‘zbek tili uchun 8 092 ta, rus tili uchun 1 273 ta o‘rin ajratildi.

Kontrakt bo‘yicha jami 8 135 ta kvota tasdiqlanib, uning 6 539 tasi o‘zbek tili va 1 596 tasi rus tili uchun taqsimlandi.

Ko‘proq yangiliklar: