O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning yangi tayinlangan elchisi Gideon Lustigni qabul qildi.
"Isroilning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Gideon Lustig janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Ikki tomonlama hamkorlikning qator yo‘nalishlari, ayniqsa, ilg‘or texnologiyalar sohasida fikr almashdik. Biz barchaning farovonlikka erishishi yo‘lida Yaqin Sharqdagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirishga chaqiramiz. Janob Elchiga O‘zbekistonda samarali faoliyat olib borishini tilaymiz".
Yangi elchi 2020-2024 yillarda Isroilning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Zehavit Ben Hillel o‘rniga tayinlandi.