Bu yil O‘zbekiston avtosanoati yangi shina yetkazib beruvchisini tanladi. Mart oyida "Damas" avtomobillari sifatli va chidamli "Bars" shinalariga o‘tdi, tez orada "Chevrolet Tracker" va "Onix" ham o‘tishi kutilmoqda. Bozorga nuqsonli mahsulot chiqishini istisno qilish maqsadida har bir shina ikki karra — operator va maxsus jihoz tomonidan tekshiriladi.
Angrendagi “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” shina zavodi O‘zbekiston avtoishlab chiqaruvchilarining birlamchi komplektatsiyasi uchun shinalar yetkazib beruvchi bo‘ldi. Buning uchun u omologatsiya o‘tkazdi, mahsulotni muayyan avtomobil modellariga moslashtirdi. Global talablarga muvofiqligini AQSh, Janubiy Koreya, Braziliya, Xitoy poligonlaridagi sinovlar tasdiqladi.
2024 yil oxiriga qadar “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillarini “Bars” shinalari bilan komplektatsiyalashga kirishishni rejalashtirgan. Bu mahalliy avtosanoatning import butlovchi qismlarga bog‘liqligini qisqartirish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.
“Bars” shinalari ajoyib xarakteristikalarga ega. Protektor dizayni tufayli ular yuqori tezliklarda yuksak barqarorlikni va avtomobilning boshqaruvchanligini ta’minlaydi, shuningdek shinaning yo‘l bilan tishlashishi yo‘qoladigan “akvaparvoz” effektini kamaytiradi”,- deya, qayd etdi “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” bosh direktori Gulomjon Inomovich Ibragimov.
Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 mln dona avtomobil shinasi, 100 ming pogonometr konveyer tasmasiga teng. “Birinchi Rezinotexnika Zavodi”da ishlab chiqarishning to‘liq sikli – rezina aralashmani yaratishdan to tayyor mahsulotni chiqarish va sifat nazoratigacha yo‘lga qo‘yilgan.
Zavod jahon yetakchilaridan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, jumladan rezina aralashmalarni tayyorlash bosqichida KOBE STEEL (Yaponiya) jihozlari, komponentlar tayyorlash bosqichida Comerio Ercole (Italiya) va Fischer (Germaniya) kompaniyalarining, yig‘uv bosqichida VMI (Niderlandiya) va LingLong (XXR), sifat nazorati bosqichida KOBE STEEL (Yaponiya) va Yxlon (Germaniya) kompaniyalar jihozlaridan foydalaniladi.
“Zavodimizda 200 foizli sifat nazorati tizimi joriy etilgan. Dastlab vizual nazorat amalga oshiriladi, unda tajribali operatorlar har bir shinani 100 dan ziyod ehtimoliy nuqsonlar mavjudligiga tekshiradilar. Keyin har bir shina avtomatik nazoratdan o‘tadi. Agar shina tekshiruvdan o‘tmasa, uning yon halqasi kesib tashlanadi, bu nuqsonli mahsulotning bozorga tushishining oldini oladi”,- deya ma’lum qildi “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” bosh direktori Gulomjon Inomovich Ibragimov.
“Birinchi” mahsuloti O‘zbekiston bozorida sotiladi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadi. 2025-2026 yillarda mahsulot oilasi mahalliy iqlim sharoitlari uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi shinalar bilan boyitiladi.
Avtomobil shinalarining barcha chiqarilayotgan oilasi uchun patentlar va sertifikatlar mavjud.
Ma’lumot uchun
“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” — O‘zbekistondagi birinchi shina zavodi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Qiymati 200 mln AQSh dollariga teng zavod qurilishi 2018 yilda yakunlangan, ishga tushirish 2019 yilda amalga oshirildi. Mahsulotlar oilasi yengil avtomobillar uchun 21 turdagi shina va 27 turdagi konveyer tasmasidan iborat. “Birinchi Rezinotehnika Zavodi” mahsulotining sifati xalqaro sifat menejmenti tizimlari ISO 9001:2015, ISO 50001:2018 sertifikatlari hamda IATF 16949:2016 tarmoq standarti bilan tasdiqlangan.
2023 yil fevralda “Birinchi Rezinotehnika Zavodi”ning 100% ulushini “Tatneft” guruhi sotib oldi.
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 99 673 63 40
+998 99 866 88 20
+998 99 803 50 11
Veb-sayt: brz.uz
Reklama