Yangi ROG Ally X geymerlar uchun juda ko‘p muhim o‘zgarishlarni o‘z ichiga oldi, buning natijasida o‘yin konsolidan foydalanish endi ancha qulayroq bo‘ldi. Qurilmada AMD dan yangi protsessor, sezilarli darajada kengaytirilgan ichki va operativ xotira, yorqin sensorli ekran, quvvati oshirilgan akkumulyator, ishonchli boshqaruv vositalari mavjud va u Windows 11 operatsion tizimida ishlaydi.
Endi konsol har qanday joyda ajoyib hamrohga aylanishi mumkin: uzoq safarlardan yoki uydagi qulay divandan tortib yirik xalqaro kompaniyadagi dam olish xonasigacha. ROG Ally X endi AAA+ o‘yinlarini osonlik bilan ocha oladi.
Ishonchliligi yuqori bo‘lgan yangi korpus
O‘yin konsoli yangi korpusga, shuningdek, mavjud oq rangga qo‘shimcha ravishda qora rangga ham ega bo‘ldi. Yangilangan ROG Ally X korpusdan chiqib turadigan va yumaloq shaklga ega bo‘lgan tutqichlarga ega bo‘lib, foydalanish vaqtida qulaylik darajasini oshiradi. Oldingi model bilan taqqoslaganda, yangi mahsulotdagi tugmalar va joystiklar biroz boshqacha joylashgan – endi triggerlarni faollashtirish osonlashdi va qurilmaning umumiy ergonomikasi yaxshilandi. Shu bilan birga, orqa paneldagi so‘l tugmalar yanada ixcham bo‘lib, bu tasodifiy bosilishlarni kamaytiradi.
Yangi konsoldagi joystiklar 5 million faollashtirishni davom ettirishga mo‘ljallangan, ichida esa mustahkamroq modullar bilan jihozlangan. Ichida kuchliroq prujinlar ham mavjud bo‘lib, ular o‘yin o‘ynashda qulaylik yaratadi – xuddi uy o‘yin konsollaridagi kabi. D-Pad ham yangilanishlarsiz qolmadi va u endi sakkiz yo‘nalishda aniqroq ishlay oladi.
Yangi ROG Ally X korpusi XG Mobile portini ikkita USB-C portiga almashtirdi, ulardan biri dok-stansiyalar va tashqi GPU-larga ulanish uchun Thunderbolt`ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yuqori avtonomiyaga ega akkumulyator
Yangi mahsulot korpusi bir xil ixchamligicha qolmoqda va oldingi avlodga nisbatan og‘irligi atigi 70 grammga oshdi. Shu bilan birga, ROG muhandislari yangilangan konsolga yangi akkumulyatorni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi, uning quvvati ikki baravar – 80 Vt soatgacha oshirildi.
Yangi ROG Ally X bilan zaryadlash haqida tashvishlanmasdan soatlab o‘yin o‘ynash va ko‘ngilochar kontentni tomosha qilish mumkin: batareya quvvati AAA o‘yinlarini ishga tushirganda 2,7 soatga, video tomosha qilganda esa 14 soatdan ko‘proqqa yetadi. Qurilma tez zaryadlash texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa akkumulyator quvvatini atigi 30 daqiqada 0 dan 50% gacha to‘ldirishga yordam beradi.
Yorqin va silliq sensorli displey
Portativ o‘yin konsoliga Full HD piksellar ko‘lami va 120 Gs tasvirni yangilash tezligiga ega 7 dyuymli displey o‘rnatilgan. Yangi ROG Ally X FreeSync Premium texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa foydalanuvchiga hatto tezkor o‘yinlarda ham silliq va aniq tasvirlarni taqdim etadi. Ekranning eng yuqori yorqinligi 500 kd/m2 ga yetadi, shuning uchun ta’tilda, hatto plyajda ham konsolda o‘yin o‘ynash mumkin.
Konsolda sensorli displey mavjud bo‘lib, u foydalanuvchiga interfeys bilan ishlashda tanish – xuddi smartfondagi kabi hislarni beradi. Ekran qattiqligi yuqori bo‘lgan Corning Gorilla Glass DXC bilan qoplangan – u mayda tirnalishlardan qo‘rqmaydi.
Ichidagi kuchli uskunalar
Yangi konsolda AMD Ryzen Z1 Extreme protsessori va RDNA 3 grafik protsessori mavjud bo‘lib, ular birgalikda foydalanuvchiga hatto og‘ir o‘yinlarning ham silliq ishlashini ta’minlab, unutilmas tuyg‘ularni beradi. ROG Ally X portativ o‘yin qurilmalari uchun unumdorlikni yangi darajaga olib chiqadi. Geymerlar uchun qulaylik borasida konsolda bir nechta ishlash rejimlari mavjud bo‘lib, ularni almashtirish orqali ishlash va quvvat sarfi o‘rtasidagi ideal muvozanatni topish mumkin.
ROG Ally X ichida oldingi avlodga qaraganda 23% kichikroq va yaxshilangan havo oqimi uchun 50% yupqaroq parraklarga ega yangi ventilyatorlar o‘rnatilgan. Shu bilan birga, ichki qismlarni va sensorli ekranni sovutish uchun korpusda havo aylanishi 24% ga yaxshilangan. Bularning barchasi maxsus tunnellar tufayli, ular orqali havo yuqoriga va tashqariga korpusning yuqori qismidagi qo‘shimcha uchinchi ventilyatsion teshigiga yo‘naltiriladi. Endi konsol uzoq vaqt davomida foydalanish uchun qulayroq – ish haroratidagi farq oldingi avlodga nisbatan 6°S ga yetadi.
Kengaytirilgan umumiy xotira hajmi
Foydalanuvchilarning xohish-istaklarini tinglagan holda, ROG xotira hajmini oshirdi va operativ xotirani 24 GB gacha kengaytirdi. Qattiq diskning sig‘imi 512 Gb dan 1 TB gacha ko‘tarildi. Bunday katta xotira zaxirasi bilan endi xotirani tejamasdan, hatto eng katta o‘yinlarning bir nechtasini o‘rnatish mumkin.
Bundan tashqari, ROG Ally X – M.2 2280 SSD uyasi bilan yangilangan platadan foydalanadi, bu sizga kattaroq drayverni o‘rnatish hamda jozibador narxdagi SSD drayverlarni tanlash imkonini beradi.
ROG Ally X ni O‘zbekistondagi elektronika do‘konlarida, shuningdek, ASUS rasmiy hamkoridan xarid qilish mumkin: nout.uz.
Reklama huquqlari asosida.