O‘zbekiston | 17:17 / 28.08.2024
1475
1 daqiqa o‘qiladi

Endilikda o‘ta og‘ir jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar ham saylov va referendumlarda qatnasha oladi

Prezident imzolagan yangi qonunga ko‘ra, mahkumlar huquqlarini ta’minlashni so‘rab Ombudsmanga, inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlarga murojaat qilishi mumkin.

28 avgust kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishiga, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid