Zelenskiy Bayden va Trampga Ukrainaning «g‘alaba rejasi»ni taqdim etadi

Jahon 22:52 / 27.08.2024 6702

Ukraina sentabr oyida Qo‘shma Shtatlarga o‘z g‘alabasiga erishish rejasini taqdim etadi, dedi prezident Volodimir Zelenskiy matbuot anjumanida.

«Kursk viloyati bizning rejamizga kiritilgan - Ukraina g‘alabasi rejasiga. Bu ba’zilar uchun juda ambitsiyali tuyulishi mumkin, ammo biz uchun bu muhim rejadir», dedi u.

Rejaning ikkinchi yo‘nalishi – «Ukrainaning jahon xavfsizlik infratuzilmasidagi strategik o‘rni», uchinchisi – «Rossiyani urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlashning kuchli paketi», to‘rtinchisi esa «iqtisodiy», deb davom etdi Zelenskiy. Uning aniqlik kiritishicha, reja birinchi navbatda Amerika prezidenti Jo Baydenga ko‘rsatiladi. Keyin esa vitse-prezident Kamala Harris va respublikachi nomzod Donald Trampga yetkaziladi.

Bundan tashqari, Kiyev ikkinchi tinchlik sammiti rejasini tayyorlashni rejalashtirmoqda. Ukraina prezidenti Moskvadan delegatsiya taklif qilishga tayyorligini sammitning boshqa ishtirokchilari pozitsiyasi bilan izohladi: «Aks holda biz ikkinchi sammitda ko‘p sonli davlatlarni yo‘qotishimiz mumkin».

Ko‘proq yangiliklar: