Yaponiyada tayfun xavfi sabab 230 dan ortiq aviareys bekor qilindi

Jahon 20:27 / 27.08.2024 1652

Yaponiyada «Shanshan» tayfuni yaqinlashayotgani tufayli 230 dan ortiq reys bekor qilindi. Bu haqda aeroport va aviakompaniyalar servislari monitoring ma’lumotlariga tayanib, «TASS» xabar berdi.

Qayd etilishicha, 28 avgust tongida tayfun Okinava prefektura oroli, kechga borib janubi-g‘arbiy Kyusyu oroliga yopiriladi.

Bekor qilingan aviareyslarning aksariyati Japan Airlines kompaniyasiga tegishli (28 avgust kungi 82 ta reys va ertasi kuni yana 60 ta reys). Bundan tashqari, xalqaro yo‘nalishdagi oltita parvoz ham bekor qilingan.

All Nippon Airways (ANA) 28-30 avgust kunlariga mo‘ljallangan 80 ta reysini, Skymark, Solaseed Air hamda Peach Aviation loukosterlari 9 ta reysini bekor qiladi.

Ko‘rilayotgan ushbu chora-tadbirlar birinchi navbatda Kyusyu oroli hamda undan janubda joylashgan mayda orollardagi aeroportlarga taalluqli. Shu bilan birga, temiryo‘l operatorlari ham qatnovlar to‘xtatilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Ayni vaqtda tayfun Amami (Okinava prefekturasi) orollariga yaqinlashmoqda va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatini davom ettirishi mumkin. Tayfun harakatlanayotgan hududda shamol tezligi soniyasiga 65 metrgacha yetyapti.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya hukumati avgust boshlarida Tinch okeani qirg‘og‘ida yuz berishi mumkin bo‘lgan megazilzila haqida ogohlantirish e’lon qilgan va 15 avgust kuni uni rasman bekor qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: