OAV: Rossiya Germaniyadagi NATO bazasida diversiya uyushtirmoqchi bo‘lgan

Jahon 13:34 / 27.08.2024 3486

Germaniya g‘arbidagi Gaylenkirxenda NATO harbiy-havo kuchlari bazasida xavfsizlik choralarining vaqtincha oshirilishiga Rossiyadan ehtimoliy diversiya tahdidi haqidagi razvedka ma’lumotlari sabab bo‘lgan. Bu haqda 26 avgust, dushanba kuni dpa agentligi xavfsizlik tuzilmalaridagi manbalarga tayanib xabar berdi

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy razvedka nemis hukumatini «NATO bazasiga Rossiyadan uchuvchisiz uchoq yordamida diversiyaga tayyorgarlik ko‘rish ehtimoli» haqida ogohlantirgan. Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, bu ma’lumot «jiddiy ogohlantirish» sifatida qabul qilingan.

23 avgust kuni NATOning Gaylenkirxendagi havo bazasida xavfsizlik darajasi Shimoliy Atlantika ittifoqi uchun «potensial tahdid» tufayli ikkinchi darajaga - «Charli»gacha ko‘tarildi. Ayrim xodimlar uylariga jo‘natilgan, harbiy baza hududida bir nechta politsiya mashinalari payqalgan. Gaylenkirxenda NATOning AWACS erta ogohlantirish tizimi razvedka samolyotlari joylashgan. 14 ta qayta jihozlangan Boeing-707 samolyoti ehtimoliy tahdidlarni erta aniqlash uchun havo bo‘shlig‘ini kuzatib boradi. 

Germaniyadagi NATO harbiy bazalarida diversiyaga urinishlar

Süddeutsche Zeitung gazetasi 14 avgust kuni NATOning Gaylenkirxendagi harbiy bazasida ehtimoliy qo‘poruvchilik urinishi haqida xabar berdi. Videokamera shuni ko‘rsatdiki, noma’lum shaxs bazaga kirish uchun panjaradan oshib o‘tgan.

Ayni paytda, Kyolndagi harbiy bazada 14 avgustga o‘tar kechasi suvni boshqarish datchiklari ishga tushirildi. Keyinchalik o‘tkazilgan ko‘plab sinovlar normadan hech qanday og‘ishlarni ko‘rsatmadi. Harbiy obekt hududini aylanib chiqish natijasida panjarada teshik aniqlangan.

Ikkala obekt ham kuchaytirilgan nazorat ostiga olindi. Kyoln va Gaylenkirxendagi voqealardan so‘ng Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius hushyorlikni oshirishga chaqirdi va harbiy obektlarga kirishni himoya qilish rejalari qayta ko‘rib chiqilishini e’lon qildi.

Ko‘proq yangiliklar: