Davlat tashkilotlari ikki oy ichida 11 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarini o‘tkazmoqchi bo‘ldi

O‘zbekiston 14:35 / 27.08.2024 4021

Agentlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, quyidagi tashkilot va muassasalar davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan:

- O‘zyo‘lko‘prik klasteri Jizzax filiali davlat muassasasining 2,9 mlrd so‘mlik;

- Shahrisabz shahar 20-son bolalar musiqa va san’at maktabining 885,9 mln so‘mlik;

- Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligining 605 mln so‘mlik;

- Toshkent tumani tibbiyot birlashmasining 551,9 mln so‘mlik;

- Ichki ishlar vazirligi qoshidagi «Qurilish-ta’mirlash guruhi» DUKning 520 mln so‘mlik;

- Termiz tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining 500 mln so‘mlik;

- Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining 407 mln so‘mlik;

- Qumqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 275,5 mln so‘mlik;

- Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 200 mln so‘mlik;

- Respublika O‘lat karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qashqadaryo filialining 190 mln so‘mlik;

- Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi davlat muassasasining 169,1 mln so‘mlik;

- Narpay tumani obodonlashtirish boshqarmasining 82 mln so‘mlik;

- Oltinsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 76,5 mln so‘mlik davlat xaridlarida.

Shuningdek, quyidagi davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan:

- «Oqoltin don mahsulotlari» AJning 3 mlrd so‘mlik;

- Toshkent viloyati Ohangaron shahar kasb-hunar maktabining 403 mln so‘mlik davlat xaridlarida.

Bundan tashqari, Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazining 269 mln so‘mlik davlat xaridida qonunchilik talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgani aniqlandi.

Agentlik taqdimnomalariga asosan xarid komissiyalarining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinishi ta’minlandi, shu tariqa qayd etilgan davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi. Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: